Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
07 апр 09:28Hikoyalar

Sen va pepsining narxi bir dollar.

Qadri toptalgan kelinQadri toptalgan kelin

Bir yigit o'ziga munosib deb bilgan qizga sovchi qo'ydi. Qizning otasi yigit bilan suhbatlashib, undagi yaxshi fazilatlardan mamnun, jigarbandini berishga rozi bo'ldi. Mahrga atigi bir dollar belgiladi.

Ota:

- Biz yaxshi kuyovga qiz beryapmiz, mol - dunyoning ahamiyati yo'q! - dedi.

Bu gaplarni eshitgan yigit juda xursand bo'ldi. To'y ham o'tdi.

Biroq, yigit uylangach ayolini mazax qila boshladi. Har safar PEPSI ichimligini sotib olganida ayoliga:
- Sen va PEPSI bitta narsa. Ikkingizning ham narxingiz bir dollar! - deb kular edi...

Bechora tahqirlangan ayolining jahli chiqardi - yu bildirmas edi.

Eri uni «Ey, bir butilka PEPSI» deb chaqiradigan bo'ldi.

Bir safar sayrga chiqishdi. Yigit PEPSI sotib olibdi va ayoliga:

- Tasavvur qil, seni yuqotib qo'ydim nima-yu PEPSIni yuqotdim nima!? - dedi.

Ayolning sabr kosasi to'lib, eridan izn olib ota - onasini ko'rishga kelibdi va ularga erining qilmishlaridan shikoyat kilib:

- Mahrimni arzon qilib belgiladingiz, u esa qadrimni arzimas qilib qo'ydi, - deb yig'labdi.

Otaning bundan jahli chiqib, qizini olib ketish uchun kelgan kuyoviga:

- Buguncha uni biznikida qoldiring. Ertaga tongda ota-onangiz, yaqinlaringiz bilan mehmonga kelinglar, - debdi.

Ertasi kuni yigit va yaqinlari kelibdilar. Qizning otasi dasturxonga bir butilka PEPSI qo'yibdi xolos. Mehmonlar hayron bo'lishibdi. Lekin yigit qaynotasining qilgan bu ishini o'ziga va ayoliga aloqadorligini sezib turardi.

So'ng ota ikkinchi va uchinchi PEPSIni keltirib yigitning oilasini oldiga qo'yib:

- Qizimizni bir butilka PEPSI evaziga oldingiz, mana sizlarga uchtasini beramiz qizimizni o'zimizga qaytaring! - debdi.

Yigit bunday og'ir ahvolga tushib qolganidan o'zini qo'yarga joy topa olmabdi. Yaqinlari esa biron narsani tushunmabdilar.

Qizning otasi vaziyatni tushuntiribdi. Barchalari yigitning bu qilmishidan g'azablanib:

- Sening hurmatingni joyiga qo'yganlarga rahmating shumi?! - deb koyibdilar.

Qo'liga yuz ming dollarni naqd sanab bermasalar, qizini bu uydan chiqarmaslikka ota qasam ichibdi.

Yigit uydan chiqar ekan, o'zi shunga loyiq ish qilganini bilardi. Qanday qilib bo'lmasin, aytilgan pulni to'labdi. Chunki ayolini juda yaxshi ko'rar edi.

Lekin endi u ayolini "bir butilka PEPSI" emas balki "PEPSI fabrikasi" deb chaqiradigan bo'libdi.

Mahrning balandligi to'yning bo'lmasligiga sabab bo'ladi. Kuyoviga yengillik yaratib beradigan otalar topilganda esa, yaxshiligini yomonlik bilan qaytaradilar. Sizga qilingan ehsonni chiroyli qabul qiling!

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: