Yod tanqisligi kasalligi – buqoqni davolaymiz
QIZIL LAVLAGI.
Qizil lavlagi yodga boy bo'lganligi uchun ham undan buqoqqa qarshi foydalanish mumkin. Buning uchun yangi qazib olingan lavlagi sharbatini kuniga 3-4 mahal ichish lozim. Bundan tashqari, har kuni ertalab 100-150 gramm lavlagi iste'mol qilish kerak. Bu qonni ko'paytiradi va qalqonsimon bezdagi yod etishmovchiligini bartaraf etadi.
YOD TANQISLIGI VA ZAHAR IShLAB CHIQARIShNING OLDINI OLUVChI DORIVORLAR:
Qalqonsimon bezda yod etishmasligini davolash jarayonida dengiz ko'katlari, xurmo, mahalliy ko'katlar va yong'oqdan foydalanish mumkin. Chunki ularda ham yod miqdordan ortiq. Ular bilan bir qatorda yodlangan tuz yoki dengiz tuzini iste'mol qilish ham foydadan xoli emas.
1. Bir choy qoshiq krapiva (qichitqi o't) va bir choy qoshiq zveroboy (qizilpoycha) ni 0,5 litrli bankaga solib, ustidan 1,5 stakan qaynoq suv quyib, 20 daqiqa suv hammomiga qo'yiladi. So'ng sizdirib olib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 0,5 stakandan ichiladi. Bu muolaja 3 hafta davom ettiriladi. Damlama tugasa, yangidan tayyorlanadi.
2. O'ozpanja, beshbarg, erchoy (o'tsimon o'simlik) ildizidan 100 gramm olib, shisha idishga solinadi va ustidan 0,5 litrdan spirt va qaynatib sovitilgan suv quyib, salqin joyga 21 kun davomida bostirib qo'yiladi. Dastlabki o'n kun davomida 15 tomchidan har kuni 2 mahal ichiladi. Keyinchalik 2-o'n kunlikda 20 tomchidan, 3-o'n kunlikda esa 30 tomchidan ichiladi. Muolaja shu tartibda 1 oy davom ettiriladi.
3. Yuqoridagi giyohning 10 grammiga 0,5 litr qaynagan suv solib, 8-10 soat davomida bostirib qo'yiladi. Damlama tayyor bo'lgach, 1/3 stakandan kuniga bir mahaldan ichiladi.
4. O'n dona limonni o'n bosh sarimsoq bilan birga blendrdan o'tkazib, 1 litr asal qo'shiladi va bir hafta davomida bostirib qo'yiladi. So'ng 4 osh qoshiqdan iste'mol qilinadi.