SIZ KIMGA JOY BERAR EDINGIZ?
Ona bolaga joy berganlar - Bu insonlar bolalarni juda yaxshi ko'radi, shu qatorda homilador ayollarni hurmat qiladi. Onalarini hizmatida yurgan, sevimli farzandlar toyifasiga kiradi. Xayotda faqat yaxshi niyatlar bilan yashashadi, farzandlarini sevimli ota onalaridir. Omadli va baxtli yutuqlarga ko'p erishib o'z atrofidagilar orasida hurmat e'tiborga ega shaxslardir. Bunday insonlar aslo ayollarni xo'rlamaydi va xo'rlanishiga chidab turolmaydigan g'ururi tog'day baland insonlardir...
Qari onaxonga joy berganlar - Bu toyifadagi insonlar qari nuroniy kishilarni o'zgacha qadrlovchi buvi va buvasini tarbiyasini olgan insonlar qatoriga kiradi. Tanlovda juda ikkinadilar chunki birinchi variantni ham ularga yaqindir. Dunyoga ko'z qarashi o'zgacha boshqalardan ajralib turadi, o'zini bosib olgan, kattalarni hurmatini joyiga qo'yuvchi, qadrli insonlardir...
Nogironga joy bergan insonlar - Xalqimizda "Tanasi boshqa dard bilmas" degan naql bor. Bu gap bu toifadagi insonlarga qarata aytilmagan. Ko'p qiyinchiliklar ko'rib, o'zgalarni dardini o'zida his qiluvchi, birov og'risa joni achiydigan o'ta mehribon insonlardir...
Jaxldor, bezori ko'cha odamiga joy berganlar - Xayotda juda tavakkalga qo'l uruvchi, qaxri qattiq, ko'p adashuvchi insonlardir. Xayotga ko'z qarashi yuzaki va hech nima qiziqtirmaydigan, maqsadsiz yashashga o'rganib qolishgan. O'ta xayolparast, o'z xayollari bilan baxtli yashashadi, o'zlarini haq deb bilishadi. Xulqi orqali ko'pchilikdan dakki ham eshitib yuradigan insonlardir...
Hulosa o'rnida yaxshilikka intiluvchi, insonlarga yaxshilik qiluvchi insonlar ko'pligidan xursandmiz. Natijalar kimlarnidir qoniqtirgan bo'lsa, kimlargadir yoqmagan bo'lishi mumkin. Buning uchun esa uzr so'raymiz. Barchangizga so'rovnomada ishtirok etganingiz uchun raxmat.