Oshqozon osti bezi kasalligini xalq tabobati asosida davolash...
Eslatma Har bir organizm o'ziga xos xususiyatga ega va bir insonga mos kelgan davolash usuli boshqa bir insonga to'g'ri kelmasligi mumkin! Su sabab soğlikka doir ma'lumotlarni avval shifokor bilan maslahatlashib, undan so'ng o'z organizmingizning xususiyatlaridan kelib chiqib amalda qo'llang!
Oshqozon osti bezi - ovqat hazim qilish tizimi uchun eng muhim ichki a'zo hisoblanadi. Uning faoliyati buzilishi natijasida pankreatit va qandli diabet kabi kasalliklar yuzaga keladi. Xalq tabobatida ushbu a'zo kasallanishining oldini olish usullari mavjud, quyida sizni mana shu davo usullaridan ogoh etamiz...
1. Shivit (ukrop) urug'i - 1 choy qoshiq shivit urug'ini 1 stakan qaynoq suvga solib qo'yiladi. 1 soatdan so'ng suzib olinadi va teng miqdorda 5-6 qismga bo'linib, kun davomida ichiladi.
2. Suli yormasi (ovsyanka) - Suli yormasidan tayyorlangan bo'tqa azaldan oshqozon osti bezi faoliyati uchun foydali vosita deb hisoblanadi. Quruq suvda hech qanday yog' va tuz qo'shmay tayyorlangan suli bo'tqasi eng yaxshi davo. Bir hafta mobaynida kuniga bir necha bor shu bo'tqadan iste'mol qilinsa yaxshi natija beradi. Agar bo'tqa medanggizga tegsa suli yormalli tindirma tayyorlab iching: 0,5 kg suli yormasiga 1 litr qaynoq suv quyib, 1,5 soatga qoldiring. Tayyor bo'lgach suyuqlikni suzib olib, yarim stakandan kuniga 3 mahal ichish lozim.
3. Limon+petrushka+sarimsoq - 1 kg limon, 300 g sarimsoq, 300 g petrushkani go'sht qiymalagichdan yoki blendrdan o'tkazib, shisha idishga solib muzlatkichda saqlang. Kuniga 1 choy qoshiqdan 3 mahal ovqatdan 15 daqiqa avval iste'mol qiling.
4. Grechka+qatiq - Tunda tayyorlash kerak: 0,5 litr qatiqqa 1 stakan grechka aralashtirib, tindirib qo'ying. 12 soatdan so'ng tayyor bo'lgan massani teng ikkiga bo'lib: yarmini nonushtaga, yarmini kechki taom o'rnida iste'mol qiling. 2-3 kun davomida shu massani tayyorlab yesangiz foydasi seziladi. Muolaja paytida boshqa mahsulotlarni iste'mol qilmasangiz uning ta'siri yanada yaxshi natija beradi. Yoki tushlik mahal bug'da pishirilgan sabzavotlar, yengil dimlamalar, mevalar yesangiz ham bo'ladi.