Xarakterni bilish uchun psixologik test
O'zingizga yoqqan qizni tanlang va harakteringiz haqida qiziqarli ma'lumotlarni bilib oling.
1. Oq ko'ylakdagi qiz.
Bu rasmni asosan uyatchang insonlar tanlashadi. Ular janjallarni yoqtirishmaydi va juda kamdan kam hollarda atrofidagilar bilan baxslashishadi. Atrofdagi insonlar ularni qadrlashadi, negaki insonlar o'z qo'rquv va shubhalarini ularga bemalol ayta olishadi. Muammo shundaki ular tez-tez boshqa insonlarning muammolarini o'zlarinikidan ustun qo'yishadi.
2. Nuqtali ko'ylak kiygan qiz.
Bu rasmni hamma narsaga optimistik kayfiyat bilan qaraydigan insonlar tanlashadi. Istalgan yomon vaziyatni bu ularni rivojlantiradi deb qabul qilishadi. Do'stlari ko'p. Optimizm - bu yaxshi, ammo dunyoda yomonliklar ham ko'pligini unutib qo'yish ham to'g'ri kelmaydi.
3. Sochlari o'rilgan qiz.
Bunday insonlarning boshida ajoyib ideya(g'oya)lar juda ko'p.
Ular juda ham kreativ va har doim yangi bilimlarni ketidan quvib yurishadi. Istalgan qiziqarli ish ularda kuchli motivatsiya uyg'otadi. Ishni yechish uchun har tomonlama yondashishadi.
4. Boshiga bantik bog'langan qiz.
Bu rasmni tanlagan insonlar juda muvozanatli insonlar hisoblanishadi. Ular sabrli va bo'layotgan hodisalarga sovuq nigoh bilan qaraydilar. Janjallashishni yoqtirishmaydi. Bu insonlar o'z suhbatdoshlarini eshitishni bilishadi va eshitishni yoqtirishadi.