Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
09 сен 19:19Foydali maslahatlar

Yuzdagi ajinlarni yo'qotish

Ajinlarni yo'qotish

Ajinlar, odatda, organizmning so'lib borayotganidan darak beruvchi belgidir. Qarish jarayonida terida bir qancha o'zgarishlar ro'y beradi. Qon va limfa aylanishining buzilishi natijasida eng avval yuz, bo'yin, qo'l panjalarining terisida shunday o'zgarishlar yuzaga keladi. Gavda terisining ochiq joylari doim tashqi muhitning noqulay omillari ta'sirida bo'lishi tufayli ularni kiyim berkitib turadigan qismlariga nisbatan birmuncha tezroq ajin bosadi. (UF xam ajin tez tushishiga sabab bo'ladi).

Lekin ajinlar hamisha ham qarilik nishonasi emas. Doim peshonani tirishtirish, qoshlarni yuqoriga ko'tarish yoki qovoq solish, ko'z, lablarni qisish, og'iz burchaklarini jiyirib, engakni bo'yinga taqayverishga odatlanish ham vaqtidan ilgari ajin tushishiga olib keladi (mimik ajin).

Yuz va bo'yin terisini parvarish qilishga e’tibor berilmasa, spirtli eritmalar, terini oqartiradigan mazlar ko'p ishltilsa, surtilgan kosmetika vositalaridan teri vaqtida tozalab turilmasa yoki tishlarning yo'qligi ham ajinlarni paydo bo'lishida zamin yaratadi.

Ajin tushishining oldini olish uchun umuman salomatlikni yaxshilash, to'g'ri ovqatlanish, mehnat qilish va dam olish rejimiga amal qila borish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanish, badanni oftobga me’yori bilan toblash, yuzni qattiq shamoldan ehtiyotlash xamda eng muximi terini xar kuni parvarishlab krem va maskalardan muntazam foydalanish lozim. Umrbod ajinlarni tushirmaydigan kosmetika vositalari yo'q!

Lekin yuz, bo'yin, qo'l terisini doim to'g'ri parvarish qilish ajin tushishini sekinlashtiradi. Kosmetolog sifatida shuni aytib utmogim kerakki, yuzni vaqti-vaqti bilan massaj, piling, mezoterapiya qilib turish yuz terisining tarang, sog'lom, yosh va jozibador bo'lishini ta’minlaydi.

- Kosmetika – terini parvarish qilish, kishilar ko'rinishini go'zallashtirish vositalari va usullari qadim zamonlardan qo'llab kelingan.

- Uzoq o'tmishda misrliklar, rimliklar, arablarda yanoq, kiprik, qovoqlarni bo'yash, sochni jingalak qilish rasm bo'lgan. Atir o'rnini bosadigan xushbo'y moylar ishlatilgan. Kosmetika vositalari tarkibiga hozirgi kundagi kabi hayvon va efir, o'simlik moylari, smola, turli upa, bo'yoqlar va hokazolar kirgan.

Ajinlardan qutulish sirlari

- Hozirda esa kosmetika:

Vrachlik kosmetikasi va pardoz kosmetikasiga bo'linadi.

- Vrachlik kosmetikasi – terini parvarishlash va unda turli nuqsonlarning bartaraf etish, ularning oldini olish, soch, yuz- buyin soxasi, kul va badanlarni parvarishlashning gigiyenik va davolash tadbirlarini o'z ichiga oladi. Kosmetik xirurgiyada burun, lab, quloq suprasidagi turli nuqsonlar jarrohlik usuli bilan olib tashlanadi. Xol va tatiurovka, shuningdek, yuzning ortiqcha terisi, qorin, son va boshqa joylardagi ortiqcha yog'lar kesib olib tashlanib, yuz va tana qiyofasining yaxshiroq ko'rinishi shakllantiriladi.

- Pardoz kosmetika esa yuz chiroyini ochish maqsadida qo'llaniladi. Pardoz kosmetik vositasiga qosh-qovoqni bo'yaydigan qalam, surma, kiprik tushi, soch bo'yog'i, qizartirgich, oqartirgich, upa, lab bo'yog'i, kosmetika kremlari, moy-upa, terlatmaydigan vositalar, atir, odekalon va hokazolar kiradi. Kosmetika vositalaridan foydalanishda, albatta, labaratoriya, klinikalar tekshiruvidan o'tgan tabiiy vositalarni qo'llash kutilgan natijalarni bera oladi.

Salom xammaga qanday dori vositasidan foydalansa boladi, ajinlarni yo'qotishda.???

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: