Загрузка...
Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQ-AYIQ.NET в Закладки.
09 июн 18:40Foydali maslahatlar

Stress oqibatida ayollarda qanday kasalliklar rivojlanishi mumkin?

Загрузка...

Asab haqidaAsab haqida

Stress, kuchli asabiylashish - insonning jismoniy va emotsional holatiga kuchli ta'sir etadi. Stress oqibatida ko'plab muammolar: oshqozon-ichak yo'llari kasalliklaridan tortib, miokard infarktigacha rivojlanadi. Shifokorlarga qilingan birlamchi murojaatlarning 75-90 foizi stress hisobiga kuzatiladi. Stress holatiga aynan ayollar sezgir bo'ladi. Ayollar stressdan qochmaydi, unga qarshi kurashmaydi, balki uni uzoq boshdan kechiradi.

Stress ayollarga qanday ta'sir etadi.

Tabiiy antistress gormoni oksitotsin – ayollarda tug'ruq mahalida, emizikli davrda va ehtiros paytida ajralishiga qaramay, stress natijasida erkaklarga nisbatan ayollarning emotsional holati kuchliroq zararlanadi. Amerika oila vrachlari akademiyasi mutaxassislari ta'kidlashicha stress, asab bo'lish organizmning o'z-o'zini saqlash instinkti hisoblanadi. U ayolni turli xil xatarlardan ogox qilsada uning natijasida ayol organizmiga xam jismoniy xam emotsional putur yetkaziladi.

Stres holatlariStres holatlari

Stress natijasida qanday kasalliklarni orttirib olish mumkin.

Stress natijasida ayol organizmida bosh og'rishi ko'rinishidan tortib, ta'sirlangan ichak sindromigacha rivojlanishi mumkin. Ko'p paytlarda stress xayz siklini buzilishi va birdaniga soch to'kilishiga sabab bo'ladi.

Organizmning stressga yana quyidagi reaksiyalari mavjud:

  1. Ovqatlanish xulqini buzilishi. Anoreksiya va bulimiya ayollarda 10 barobar ko'p uchrab, aksariyat paytlarda stressga bog'lanadi va serotonin (baxt) gormoni yetishmasligi natijasida rivojlanadi. Bu xolat baxt gormonini ishlab chiqilishini ko'paytiruvchi antidepressantlar bilan davolanadi.
  2. Qorindagi og'riqlar. Stress ayol organizmini nosog'lom va ko'p kaloriyali nokomfort ovqatga «tashlanishiga sabab bo'ladi». Bu ichaklar spazmi, qorin dam bo'lishi, zarda bo'lish, ozish yoki semirish bilan namoyon bo'ladi.
  3. Teri reaksiyalari. Stress xronik kasalliklarni qo'zg'ash, teri toshmalari va dog'lariga sabab bo'ladi.
  4. Emotsional buzilishlar. Stress kayfiyatning doimiy yomonligi, ta'sirchanlik va depressiyaga olib keladi. Ayollar erkaklarga nisbatan asabiylashganini 2 barobar ko'p yashiradi va bu ruxiy noturg'unlikka sabab bo'ladi.
  5. Uyqu bilan bog'liq muammolar. Stressga ko'p beriladigan ayollar uyquga ketish bilan bog'liq muammolarga va yuzaki uxlashga ko'p shikoyat qiladi.
  6. Diqqatni jamlash bilan bog'liq muammolar. Stress diqqatni jamlash, uy va ishdagi yumushlarni effektiv bajarishga qiyinchilik tug'diradi.
  7. Yurak kasalliklari. Stress natijasida qon bosimi oshib, infarkt va insult rivojlanishi mumkin.
  8. Immun tizimini pasayishi. Stress organizmning ximoya kuchlarini susaytirib, o'tkir va xronik kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi.
  9. Saraton. Ayrim olimlarning ta'kidlashicha stress bilan, sut bezlari va tuxumdonlar saratoni o'rtasida bog'liqlik bor. Sut bezi saratoni biror stress xolatini boshdan kechirgan (masalan, erini o'limi) ayollarda 62 foizga ko'p uchraydi.

Asab ayolAsab ayol

Stress darajasini qanday kamaytirish mumkin.

Yevropa psixologlari assotsiatsiyasida e'lon qilingan tekshirish natijalarida aytilishicha «baxtning» 25 foizi insonning stress holatlariga qanday reaksiya bildirishiga bog'liq ekan. Shuning sababli psixologlar asab ta'sirini kamaytirish uchun quyidagilarga amal qilishga e'tibor qaratadi:

  • To'g'ri ovqatlanishga rioya qiling. Nosog'lom va nokomfort ovqatlarni iste'mol qilishdan voz keching.
  • Jismoniy mashqlarga vaqt ajrating. Mashqlar kayfiyatni ko'tarib, endorfinlar (kayfiyatni ko'taruvchi gormonlar) ajralishini kupaytiradi.
  • Bo'shashishga xarakat qiling. O'zingizga yoqadigan qarindoshlaringiz va do'stlaringiz bilan muloqot qiling. Yoga, meditatsiya va tay-chi bilan shug'ullaning.
Похожие новости:
Tarvuz saraton kasalligini chaqirishi mumkin. Tarvuz saraton kasalligini chaqirishi mumkin. Foydali maslahatlar Yuz parvarishi Yuz parvarishi Foydali maslahatlar
Загрузка...
Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Партнеры
Загрузка...
Личный кабинет