Загрузка...
Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQ-AYIQ.NET в Закладки.
29 май 00:31Foydali maslahatlar

Go'zal ayollar uchun moda olami (42 maslahat).

Загрузка...

Doimo go'zal va betakror ko'rinishni istaganlar uchun moda haqida EVELINA XROMCHENKOdan 42 maslahat!

Tuflilar foto

Teri rang tuflilar har bir ayolning garderobida bo'lishi shart!

Moda olamida stil bo'yicha 42 maslahat.

1. Garderobingizda albatta teri rang (tabiiy rang) tufli bo'lishi shart. Ular barcha milliy va zamonaviy liboslaringizga mos tushadi, hamda bo'yingizni balandroq ko'rsatadi.

2. Yana bir must have - bir qancha oq, yoqali ko'ylaklar. Qomatingizga mos erkaklar bichimidagi ko'ylak chiroyli ko'kraklaringizni, belingiz va bo'ksalaringizni ifodaliroq ko'rsatadi.

3. Garderobingizda albatta "o'zim uchun" komplekt kiyimingiz bo'lsin. Uni siz ko'ngil yozish uchun, do'stlar bilan uchrashuvlarga kiysangiz bo'ladi. Hotirjam ranglar, qomatingizni ifodalamaydigan qavat qavat kiyim - sizning o'zingizni qulay sezishingiz uchun xizmat qiladi.

4. Albatta qora klassik shim, V kesimli qora jiddiy jemper va qora jiddiy qulay poshnali lodochka tuflilar harid qilib oling. Shim ustingizda qomat bo'yicha turishi kerak, jemper bo'lsa, bo'yningizni ifodaliroq ko'rsatadi. Bu obrazni ko'p marotaba har xil aksessuarlar bilan o'zgartirsa bo'ladi va har safar obraz yangi va juda go'zal ko'rinadi.

Kamarchali tufliKamarchali tufli

Kamarchali tuflilar tanlaganda ehtiyot bo'ling!

5. Yodda tuting, oyoq kiyimdagi belbog' va kamarlar oyoqlarni kalta ko'rsatadi. Klassik lodochkalar esa qomatingizni uzunlashtiradi. Buni ayniqsa bo'yi baland bo'lmagan ayollar yodda tutishi kerak.

6. Garderobdagi bir xil rang, andoza va stildagi kiyimlar - zerikarli! Haqiqiy urfdagi ayol rango-rang kiyinishi kerak - har xil stil, har xil kiyim, oyoq kiyim va aksessuarlar.

7. Bir xil tondagi obraz qoidasi - yorqin rangdagi aksessuar va makiyaj bo'lishi kerak. Aksentni oyoq kiyim, sumka, brosh va ro'molga bersangiz bo'ladi.

8. Bir xil rangdagi tunika va sumka - faqat soxil bo'yi uchun. Bu komplektda oyoqlar ko'rinib turadi, vyetnamka, hashakdan katta sumka va katta quyoshga qarshi ko'zoynaklar bo'ladi.

Qizil tuflicha fotoQizil tuflicha foto

Yorqin tuflilar tanlaganda.

9. Garderobingizda hech bo'lmasa bir juft poshnali oyoq kiyim bo'lishi shart. Poshnalar ayol kishiga ozgina muvozanatsizlik beradi. Bu esa erkaklarni jalb etadi va erkaklar ayolga ustun bo'lgisi keladi.

10. Yorqin rangdagi libos kiysangiz, libosdan e'tiborni tortmaslik uchun ko'zga tashlanmaydigan sodda turmak qiling.

11. Kamarchali yorqin tufli harid qilsangiz, to'pig'i ochiq andozali tufli tanlang.

12. Yodda tuting, agar ustki kiyimlaringiz hajmli katta bo'lsa, pastki kiyimlaringiz albatta yengil bo'lishi kerak. Muvozanat saqlang!

Moda uz fotoModa uz foto

Ochiq yorqin kiyimlaringiz bo'lsa.

13. Yorqin, noodatiy va ochiq narsalarni faqat issiq o'lkalardagi dam olish maskanlarida kiysangiz, maqsadga muvofiq bo'ladi va juda go'zal ko'rinadi.

14. Yorqin ko'rinishni hoxlasangiz, dekolte qismingizni oching, qomatingiz bo'yicha turadigan va bo'yingizni uzunlashtiradigan shim kiying hamda qiziqarli aksessuarlar qo'shing. Kundalik ko'ylak bilan esa klatch, katta quyoshga qarshi ko'zoynak va yorqin ipak ro'mol juda chiroyli ko'rinadi.

15. Oyoq orasidagi chizig'i tushurilgan, urfdagi shimlardan qo'rqish kerak emas. Ular bo'yni pasaytiradi degan fikr bo'lsa ham, qomatni juda chiroyli ko'rsatadi.

16. Merilin Monroning o'ziga rom qiluvchi noz-karashmali qadam bosishini takrorlash mumkin. Buning uchun tizzadan ozgina pastroq uzunlikdagi, qadam bosishga noqulaylik tug'diruvchi yubka kiyish kifoya.

Yubkalar fotoYubkalar foto

Och rangdagi yubkalar hammaga ham to'g'ri kelmaydi.

17. Och rangdagi, masalan qaymoq rangdagi yubkalarni bo'yi baland, qomati kelishgan honimlar kiygani ma'qul.

18. Atrofdagilarni e'tiborini tortish oson: lablaringizni yorqin lab bo'yog'i bilan bo'yang, katta quyoshga qarshi ko'zoynaklar taqing va yorqin sumka tutib oling.

19. Palto qomatga mos bo'lishi shart emas. Bu ustki kiyim, demak u keng bo'lishi ham mumkin.20. To'la bo'ksalarga tizzadan pastroq uzunlikdagi ko'ylaklar va yubkalar yarashadi.

Pidjak fotoPidjak foto

Pidjak kiyganda.

21. Dekolte qismingizni chuqur kesimli pidjak bilan ko'rsatmoqchi bo'lsangiz, albatta kontrast rangdagi top kiying.

22. Garderobingizda hayotingizdagi har bir hodisa uchun kiyim bo'lishi darkor. Bu uy uchun, haridlar uchun, ish uchun, tadbirlar uchun kiyimlardir. Bu barcha milliy va zamonaviy liboslar hodisalarga mos, sizga yarashib turadigan bo'lishi kerak.

23. To'la ayollar kamchiliklarni berkituvchi qora rangdagi liboslar kiyishlari mumkin. Ammo yutuqlarni ko'rsatish ham kerak. Bunda bir necha yorqin elementlar qo'shsa bo'ladi, masalan ko'krak sohasida.

24. Agar libosning tepa qismi yengiltakroq bo'lsa, past qismi ham shu uslubda bo'lishi darkor.

Liboslar rasmiLiboslar rasmi

Bo'yingiz past bo'lsa.

25. Kichik ayollar bo'yin va dekolte sohasini ochganlari ma'qul. Tugmachali liboslarni esa tugmachasini bo'yingacha taqmang.

26. Yirik ayollar katta sumka tutmaganlari ma'qul, bo'lmasa yanada hajmli ko'rinadilar.

27. Zerikarli va aksessuarlarsiz komplektlardan qo'rqing.

28. Bir tekis va tabiiy rangga bo'yalgan sochlar doim urfda bo'ladi. Melirovaniye va rang barang soch bo'yoqlarini unuting.

Libos obrazi fotoLibos obrazi foto

Moda olami - eng optimal obraz!

29. Eng zamonaviy va urfdagi har kun uchun mo'ljallangan komplekt bu - yelka sohasida aniq bichilgan oddiy palto, qalam yubka, lodochka tufli.

30. Yozuvli yoki ko'z qo'yilgan manikyur - didsizlikka kiradi. "Tirnoq dizayni" deb atalgan manikyur umuman didsiz va urfda emas.

31. Jinsi shimlar tekkis, korreksiya qiluvchi bo'lishi kerak. Ular qomatni yaxshilashi, oyoqlarni uzunroq ko'rsatishi kerak. Kashtali, yaltiroq va to'rli jinsilarni unuting.

32. Siyoh rang bilan shisha yashil rang, sovuq pushti rang, kulrang, qaymoq rang, moviy rang, och siyoh rang va xatto qizil ranglar juda mos.

Bluzka fotoBluzka foto

Bluzka matosiga ham e'tiborli bo'ling!

33. Top va bluzkalar yetarlicha qalin bo'lishi kerak. Ularda chuqur dekolte va ochiq yeng bo'lishi mumkin, ammo ichingiz ko'rinishi kerak emas.

34. Agar past qismingiz hajmli bo'lsa, sizga bo'ksa qismi qalin keng shimlar va qalam yubkalar yarashadi.

35. Bir komplektda gulli naqshni bir necha marta takrorlamang, masalan ham yubkada ham bluzada.

36. Klassik libos harid qilayotganizda, o'lchamingizga ahamiyat bering, huddi o'zingizniki bo'lsin. Klassika bekamikost bo'lishi kerak.

Moda olami fotoModa olami foto

Ko'rinadigan kiyimlarni kiymang!

37. Yarim ko'rinadigan zamonaviy yozgi liboslar qomatingizni hunuk ko'rsatadi va behayo ko'rinadi. Ammo bunday libosni juda ham yaxshi ko'rsangiz, ustidan albatta hushbichim jaket kiying.

38. Yungli kiyimlar sochingiz bilan uyg'un bo'lmasligi darkor. Bu kulgili ko'rinadi.

39. Kechki tadbirlar uchun libosda faqat bir narsa yaltirashi mumkin, yoki ko'ylak, yoki aksessuarlar.

Oyoq kiyim

Tekkis tagcharmli oyoq kiyimlar!

40. Oyoq kiyimdagi tekkis tagcharm - uy bekalari va boylarning belgisidir. Agar siz u toifaga ham bu toifaga ham kirmasangiz, baland poshna kiying.

41. To'la qizlarga beldan past bichilgan jinsilar kiyish mumkin emas, ular qomatni kaltalashtiradi. Yaxshisi, klassik bichimdagi jinsi, turli xil ko'ylak va yubkalar tanlagan ma'qul.

42. Agar sizga bayramona ko'rinish kerak bo'lsa, o'zingiz bilan katta sumka olmang, xatto rang va bichim bo'yicha to'g'ri kelsa ham. Yaxshisi hoxlagan shakldagi klatch yoki kichik sumka tutganiz ma'qul.

Похожие новости:
Teri salomatligiga doir maslahatlar Teri salomatligiga doir maslahatlar Foydali maslahatlar Pardoz haqida suhbat ayolning sevimli mavzusi. Pardoz haqida suhbat ayolning sevimli mavzusi. Foydali maslahatlar
Загрузка...
Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите два слова, показанных на изображении: *
Партнеры
Загрузка...
Личный кабинет