Tug'ilgan kunga tabrik - ayollar uchun.
Latofatli, Lobarim, Anorim.
Bugungi ayyomingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etaman. Dunyodagi barcha ezgu niyatlar hamma-hammasi siz uchun bo'lsin!! Qalbingizdagi poklik, yuzingizdagi yorug'lik, dilingizdagi quvnoqlik, ko'zlaringizdagi sevinchlik sizni aslo tark etmasin.
Yaqinlaringiz uchun doimo mana shunday eng mehribon, eng qadrdon, eng kerakli inson hamda eng suyukli, vafodor yor bo'lib yurishingiz tilakdoshimiz!!!
Bugun siz uchun Ollohdan Samarqand minoralaridek uzundan uzoq umrni, Uluo'bek yulduzlaridek charag'onlikni, Bog'i shamol bog'laridek ko'rkamlikni, Samarqand nonlaridek rizqingiz aziz, Afrosiyob saroyi kabi oilangiz mustahkam, Registon maydonidek nomingiz doston, qaddingiz ulug', Sevgi bobida Gavharshodbegim misol suyukli yor bo'lishiningizni yurak-yuragimizdan so'rab qolamiz!!!
Olloh bergan ayollik latofatingizga, oilaviy baxtingizga, insoniylik fazilatlaringizga, mehribonchiligingizga aslo ko'z tegmasin!!
Eng asosiysi sizni OQ-AYIQ.NET jamoasi juda-juda yaxshi ko'rishadi.
HAPPY BIRTHDAY TO YOU!
HERZLICHEN GLÜCKWUNSCH ZUM GEBURTSTAG!