Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
16 июн 10:34Foydali maslahatlar

Xarakterni bilish uchun kalitlardan birini tanlang.

Sirli kalit

Eski sandiqni ochish uchun quyidagi kalitlardan qaysi birini tanlangan bo'lar edingiz? Tanlov orqali o'zingiz o'ylaganizdandan ham ko'proq ma'lumotga ega bo'lasiz.

Agar siz №1 raqami ostidagi kalitni tanlagan bo'lsangiz, unda siz orzu qilmaydiganlar sirasidagi insonsiz. Mo'jizalarga ishonmasligingiz sabab, o'ylab ham o'tirmay sandiqni tezda ochasiz. Hayotda siz ko'proq, fantazyor emas rasionalistsiz.

Agar №2 raqamdagi kalitni tanlagan bo'lsangiz, hayotdagi hamma narsaga nisbatan xavfsirab munosabatda bo'lasiz. Shuningdek, juda ham ishonuvchansiz. Shuning uchun ham ba'zida sizga qiyin bo'lishi mumkin. Ammo yaqinlaringiz sizning qanchalik yaxshi inson ekanligingizni anglashgan holda, ishonchingizga munosib bo'lishga harakat qilishadi.

№3 raqamidagi kalitni tanlagan insonlar eskilikka yopishib olgan, an'analarni hurmat qiluvchi kishilardir.
Siz katta o'zgarish va yangiliklarni yoqtirmaydigan insonsiz. Shunga qaramay bundaylar juda salohiyatli hamda qiziqarli insondirlar.

Agar №4 dagi kalitni tanlagan bo'lsangiz, siz orzular osmonida uchib yuruvchi haqiqiy xayolparastsiz. Hammasidan ko'ra, yaxshilik va haqiqatni qadrlaysiz. Bu orqali butun dunyoning farovon kelajakka erishishi mumkinligiga ishonasiz. Ijodkor insonsiz, shu sabab bo'sh vaqtingizni sevimli xobbiyingiz bilan shug'ullanishga sarflaysiz.

№5 raqamdagi kalitni tanlagan insonlar o'ta ketgan xayolparastlar hisoblanishadi. Sizdan yaxshi yozuvchi chiqqan bo'lardi. Sababi, hayotiy voqealardan katta olamshumul hikoyalar yoza olish imkoniyatiga egasiz. Siz sarguzashtlarni sevasiz, shu sabab ham hech qachon yangiliklarni hayotga tadbiq etishdan cho'chimaysiz.

№6 raqamdagi kalitni ko'p hollarda birovning sirlarini saqlay oladigan, ishonarli kishilar tanlaydilar. Sizni barcha sirli voqealar qiziqtiradi. Shu sabab ularni tagiga yetish sizga tinchlik bermaydi.

Ko'rib turganingizdek, kalit tanlovi ham, insonning ichki tuyg'ulari haqida ko'p narsa ayta olar ekan. Bu juda ham qiziqarli jarayon. Sababi, oddiy ko'ringan narsalar orqali shaxs ruhiyatini bilib olish har doim qiziqarli mashg'ulot bo'lib kelgan.

Do'stlarizga ham ulashing va saytimizga a'zo bo'ling.

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: