Terlash va uni davolash.
Agar oyog'ingizda ko'p terlash kuzatilsa, har kuni kaliy permanganat (suv pushti rangga kirguncha) qo'shilgan issiq suvga solib o'tirish tavsiya etiladi, buni oyoq vannalari ham deyishadi. Vannadan keyin oyoq barmoqlari orasi va kaft terisini quritib, poroshok sepib qo'yiladi. Ertalab toza paypoqqa burishtiruvchi va dezinfektsiyalovchi moddalar, masalan, teng miqdordagi urotropin bilan talk aralashmasidan sepish tavsiya etiladi. Oyoq terisi quruqlashib ketmasligi uchun unga oziqlantiruvchi kremlardan haftasiga 1-2 marta surtib turish lozim. Shuningdek, paypoqlarni har kuni almashtirib turish kerak.
Agar badaningizda ko'p terlash kuzatilsa, badanning ko'p terlaydigan joylarini yani oyoqlar, qo'ltiq osti, chov burmalari, oraliq, to'laroq ayollarda sut bezlarining tagini, har kuni sovun bilan issiq suvda yuvib turish zarur. Aks holda, ter chiqib, terining bichilishi, ekzema, terining zamburug'li yoki yiringli kasalliklariga olib keladi. Badanning ko'p terlaydigan joylarini yuvib, toza sochiq bilan quriguncha artgandan keyin namini yaxshi tortadigan poroshoklar (yog'li upa, tal, rux oksid)dan ko'p sepib qo'yish zarur.
Biz bilan bo'ling: OQAYIQ.NET.