Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
27 мар 17:15Foydali maslahatlar

Pardoz haqida suhbat ayolning sevimli mavzusi.

stran

Pardozingizga qarab fe'lingizni aniqlaymiz va pardoz qilgandagi hatolarimizni to'g'irlaymiz.

Ruxshunoslarning ta'kidlashicha, suhbatdoshimizning fe'l-atvori qandayligini pardozidan ham taxmin qilish mumkin ekan. Ishonmasangiz, o'zingiz ham yon-eringizga yaxshilab razm soling-da, kimning pardozi qanaqaligini va u xaqdagi fikringizni hayolan tahlil qiling. O'zingizning pardozingizga ham e'tibor bering va quyidagi ta'riflar bilan taqqoslang.

Bilinar-bilinmas pardoz.

Pardoz vaqtida faqat kipriklarga tush surtib, rangsiz lab bo'yog'i bilan kifoyalanadiganlar:
• «orzumdagi shaxzodamni tashqi ko'rinishim bilan emas, qalb go'zalligim bilan zabt etaman», deydiganlar toifasidan;
• «boshqalar nima deyishi meni qiziqtirmaydi, borim shu» deyishdan charchamaydi;
• pardoz qilishni bilmaganidan osonini tanlab qo'ya qoladi;
• har ishni puxta o'ylab, keyin bajaradi;
• o'ziga ishonchi kuchli, va'da berdimi albatta bajaradi!

 

Fikringizcha, sizning fe'lingiz shundaymi?

 

Maslahat: bilinar-bilinmas pardoz orqali tabiiy chiroyingizni saqlab qolishni istasangiz ham vaqti-vaqti bilan pardozingizga biroz o'zgartirish kiritib turing. Chunki bunday pardoz biroz zerikarli.

nozik pardoz

E'tibor lablarga qaratilganda...

 

Pardoz jarayonida turli ranglar bilan tajriba qilishdan cho'chimaysiz, biroq labni bo'yashda avval chetlariga hoshiya tortib, so'ng ikki qavatli rang berasiz. Avval lab bo'yog'i yordamida, keyin yaltiroq tovlanuvchi «blesk» bilan... Hullas, pardozda asosiy urg'u lablarga qaratilgan bo'lsa, atrofingizdagilar siz xaqingizda quyidagicha fikrda:

• So'nggi yangiliklardan doim habardor.
• Doim diqqat-markazida bo'lishni yoqtiradi.
• O'zini ko'z-ko'z qiladi, erkalanib gapiradi.
• Yolg'iz qolish u uchun daxshatli voqea.
• Qarama-garshi jins vakillarining hushomadlarini yoqtiradi.

Nima deb o'ylaysiz, bu ta'riflar sizga mosmi?

Maslahat: ko'z va qoshlar pardozi ochroq bo'lib, lablarga qip-qizil yoki to'q pushti rang bersangiz, pardoz tugallanmagan hisoblanadi. Qolaversa, lab chetiga hoshiya chizish hamma libosga ham mos kelavermaydi. Yaxshisi, to'qroq pardozda rangsiz tovlanuvchi «blesk», ochroq pardozda esa biroz to'qroq, tiniq rangli lab bo'yoqlaridan foydalaning.

pardoz nejney

Ko'proq ko'zlarga urg'u berilsa

Ko'zgu qarshisidagi asosiy vaqtingiz ko'zlarni bo'yash bilan o'tsa, e'tiborni tortadigan jihat ham aynan ko'zlarda bo'lsa, bilingki, atrofingizdagilar siz haqingizda shunday deyishadi:
• Juda sinchkov, hatto SHerlok Holms ham uning oldida ip esholmaydi.
• Hayotidagi barcha yutuq va mag'lubiyatlarni indamay qarshi oladi.
• Gapirishdan ko'ra, tinglashni yoqtiradi.
• Yitarlicha kamgap, «ichimdagini top» deydiganlar xilidan.
• Gohida ozgina bo'lsa-da yolg'iz qolish uchun bor-budini berib yuborishdan ham toymaydi.
xo'sh, siz bu fikrlarga qo'shilasizmi?

Maslahat: agar atrofingizdagilarning fikriga qo'shilmasangiz, u holda pardoz jarayonida asosiy e'tiborni ko'zlarga qaratmay, ochroq ranglardan foydalaning. Axir jozibador ko'rinish uchun faqat ko'zlar bo'yalishi shart emas, lab va dudoqlar borligini ham yodda tuting.

pardozzzzf

Juda yorqin pardoz uslubi

Agar pardoz vaqtida o'nga yaqin kosmetik vositalardan foydalansangiz, turli ranglarni bir-biriga aralashtirib, to'q pardoz qilishni yoqtirsangiz, nima ham derdik, pardozingiz siz haqingizda shunday ma'lumot beradi:
• Hamma narsadan tashvishga tushadi, juda kuyinchak.
• O'ziga bo'lgan ishonchi sust, doim «Kim nima derkin» deya havotirda...
• To'q bo'yanishi aslida juda ta'sirchan ruhiyatini yashiradi holos, bu bir niqob.
• Erkaklardan ko'ngli qolgan, shu bois o'zini shu yo'l bilan ovutadi...
Xo'sh, nima deysiz? Bu ma'lumotlar sizga mosmi?

Maslahat: pardozni boshlashdan avval egningizdagi libos rangi va mavsumiy ob-havoni hisobga olgan holda kosmetik vositalarni ishlating. Bordiyu har safar turlicha pardoz uslubidan foydalansangiz, atrofingizdagilar ham siz haqingizda aniq ma'lumot ololmay, o'zlaricha bashorat qilishmaydi. Ahir aytishadi-ku, ayolning sirliligi jozibali ko'rinadi, deb.

pardozzz2222

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: