Загрузка...
Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQ-AYIQ.NET в Закладки.
26 мар 12:43Foydali maslahatlar

Organizmingiz nechi yoshda? Test.

Organizm foto.

Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega bir xil yoshdagi odamlarning tashqi ko'rinishi bir-biridan farq qiladi? Gap shundaki, pasportdagi yoshimiz biologik (tabiiy) yoshimizdan tubdan farq qiladi. Biologik soat millari tanadagi hujayralarda yashab, yoshimizga yosh qo'shadi. Organizmimizning tabiiy yoshini aniqlash orqali salomatligingiz qay ahvoldaligini bilib olishimiz mumkin.

1. Teringiz qay ahvolda? Yuz va bo'yin terisini bosh va ko'rsatkich barmoqlar yordamida 5 soniya davomida chimchilab, qo'yib yuboring. Teridagi burma necha soniyada tekislandi, soat yordamida aniqlang.

A) 5 soniyada – teringiz 20 yoshda
B) 6-8 soniya ichida – 30 yoshda
V) 9 soniya – 40 yoshda
G) 13 soniya 50 yoshda
D) 16 soniya 60 dan yuqorida.

2. Asablar-chi?

Chizgichni kimdir uchidan tik ushlab yoningizda uni tashlab yuborishini so'rang. Siz uni ilib olishingiz kerak.

a) Chizgichni tahminan 20 sm gacha bo'lgan balandlikda ilib olsangiz, asablaringiz 20 yoshda;
b) 30 sm – 30 yoshda;
v) 35 sm – 40 yoshda;
g) 40 sm – 50 yoshda;
d) 45 sm – 60 yoshda.
e) Tutib olmasangiz, 70 yoshdasiz.

3. Yurak va tomirlar Tik turib, tomir urishini hisoblang. Endi 20 marta tez o'tirib-turing. Yana tomir urishingizni hisoblang. Qanchaga tezlashdi?

a) 10 martagacha – yuragingiz 20 yoshda;
b) 10–20 marta – 30 yoshda;
v) 20–30 marta – 40 yoshda;
g) 30–40 marta – 50 yoshda;
d) 40 va undan ko'p – 60 yoshda.
e) oxirigicha etkazolmagan bo'lsangiz – 70 dan yuqori.

4. Mushaklar kuchi Tekis joyda chalqancha yotib, elka-kuraklarni poldan yuqoriga torting. Bel qismi polga tiralgan. O'zingizga qo'llar bilan yordam berishingiz mumkin. Shu holatda qancha ko'tarilib-tushishingiz mumkin?

a) 40 marta – 20 yoshdasiz;
b) 30-35 marta – 30 yoshdasiz;
v) 25 marta – 40 yoshdasiz;
g) 15 marta – 50 yoshdasiz;
d) 10 dan kam – 65 yoshdan kattasiz.

5. Pay va tog'aylar ahvoli Tik turib, oldinga egiling, tizzalarni bukmaslikka harakat qiling, qo'llaringiz qaerga etdi?

a) kaftlarni polga qo'ydingiz – egiluvchanlik yuqori darajada, paylaringiz 20 yoshda;
b) polga qo'l uchiingiz tegdi xolos – 30 yoshda;
v) qo'lingiz oyoq to'pig'iga tegdi – 40 yoshda;
g) qo'llar bor-yo'g'i tizzaga etdi – 50 yoshda;
d) tizzagacha ham etmadi – 70 dan yuqori.

6. Bo'g'imlar holati Qo'llarning birini pastdan, ikkinchisini yuqoridan orqaga torting. Kuraklar sohasida ikki qo'lni birlashtiring. Natija qanday?

a) barmoqlar «qulf» shakliga oson keldi – bo'g'imlar 20 yoshda;
b) barmoqlar bir-biriga tegdi xolos – 30 yoshdasiz;
v) kaftlar yaqin, ammo barmoqlar bir-biriga tekkani yo'q – 40 yoshdasiz;
g) kaftlar bel ortida ammo bir-biridan uzoqda – 50 yoshdasiz;
d) arang kaftlarni bel tomon yo'naltirdingiz – 60 yoshda;
e) bel ortiga qo'llarni yo'naltirolmadiz – 70 yoshda.

7. Nafas tizimi Shamni yoqing. Qaysi masofadan uni bir nafasda puflab o'chirishingiz mumkin?

a) 1 metrdan – o'pkangiz 20 yoshda;
b) 80 sm – 30 yoshda;
v) 70sm – 40 yoshda;
g) 60sm – 50 yoshda;
d) 40-50 sm – 70 yoshdan yuqorida.

8. Muvozanat Yaqinlaringizning birini yordami kerak bo'ladi. Yalangoyoq tik turib, oyog'ingizning birini ikkinchisiga «laylak turish» singari qiling. Yordamchingiz soatga qarab, bu holatda qancha turishingizni nazorat qilsin.

a) 30 soniya va undan ko'p – 20 yoshdasiz;
b) 25 soniya – 30 yoshdasiz;
v) 20 soniya – 40 yoshdasiz;
g) 15 soniya – 50 yoshdasiz;
d) 10 va undan kam soniya – 60 yoshdasiz.
e) umuman bunday turolmasangiz – 70 dan oshgansiz.

9. Ko'rish qobiliyati Mayda shriftli gazetani qo'lga olib, u va ko'zlar orangizdagi masofani hisoblang.

A) 10 sm uzoqlikda – 20 yosh;
B) 15 sm – 30-40 yosh;
V) 25 sm – 50 yosh;
G) 55-70 sm – 70 yoshdan yuqori.

Barcha natijalarni qo'shib, 7 ga bo'ling. Hosil bo'lgan raqam sizning asl yoshingizni belgilaydi. Xulosa o'rnida... Biologik yosh odatlar, hayot tarzi, ovqatlanish, hayotga bo'lgan munosabat, xissiyotlar, fikrlash doirasiga qarab belgilanadi. Bu degani hayotga ishonch bilan qarab, har doim ko'tarinki kayfiyatda bo'lish, yaxshi ovqatlanib, ko'proq harakat qilsangiz biologik soatlaringiz navqironlik tomon shoshadi. Hammasi o'z qo'lingizda, ishonmasangiz, shu bugundan o'zgarishni boshlang.

Похожие новости:
Ayol jozibasiga soya soluvchi xatolar! Ayol jozibasiga soya soluvchi xatolar! Foydali maslahatlar Jonim senga gapim bor. Jonim senga gapim bor. Foydali maslahatlar Taqdir o'yini - taqdiringizdan rozi bo'ling. Taqdir o'yini - taqdiringizdan rozi bo'ling. Foydali maslahatlar Hayotda yordam beruvchi 12 psixologik хоlat Hayotda yordam beruvchi 12 psixologik хоlat Foydali maslahatlar Qimmatbaho ma'danlar to'g'risida 10 ta qiziqarli ma'lumot... Qimmatbaho ma'danlar to'g'risida 10 ta qiziqarli ma'lumot... Foydali maslahatlar
Загрузка...
Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Партнеры
Загрузка...
Личный кабинет