Загрузка...
Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQ-AYIQ.NET в Закладки.
20 мар 09:42Foydali maslahatlar

Erkaklarga qanday xotin yoqadi??? Yoxud ayollarning xatolari...

Загрузка...

Erkak va ayol

SAVOLLARINGIZGA JAVOB AZIZ AYOLLAR. O'qing va xulosa qiling.

Butun dunyoda «qo'ydi-chiqdi»lar ko'payib ketayapti ekan. Bunga sabab qilib yosh yigitlarning ro'zg'or tutishga hali tayyor emasligi, toparmon-tutarmon bo'lmagani yoinki ma'naviy tanazzulga moyilligi, qaynona va qaynota talablarining qat'iy­ligi va hokazolarni istagancha keltirish mumkin. Bu gaplarda, albatta, jon bor. Ammo, tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, bu «drama»larning asosiy qahramoni — ayolning o'zi ekan.

Xo'sh, baxt koshonasini egallash uchun kelinlar nimalarga e'tibor berishi kerak? Tajribali ayollar, namunali erlar va otalar bu borada qanday xulosalar berayotir?

Ba'zi qizlar va turli sabablarga ko'ra oilasidan ajrashgan ayollar o'zlariga baxt berilishini, shub­hasiz, istashadi. Biroq ular o'z teng­larini topolmay, doim qiynalib yurishadi. Boz ustiga, ularda o'zlarini ikkinchi «nav»ga daxldorlikda ayblash va ezilish kayfiyati paydo bo'ladi. Ba'zan esa aybni boshqalardan izlay boshlaydi. E, bu erkaklarning hammasi bir go'r: qo'pol, dangasa, egni-boshidan aroq va tamaki hidi anqib turadi. Bo'yi past yo uzun, qorni katta, xurrak otarmish va hokazo. Ammo bu omadsizliklarning hech birida ayol o'zini asosiy aybdor sifatida nazarda tutmaydi. Bu esa baxt­ga erishish uchun barcha harakatlarning to'xtashiga olib keladi va vaqti kelib ayol bunga ko'nikadi.

Birinchi xato: aksariyat qizlar va ayollar erkaklardan asossiz ravishda (balki asoslidir) qo'rqishadi. Ular atroflarida yurgan yigitlar va erkaklarni o'zlarining tengi deb bilishmaydi. Ulardan o'zlarini olib qochishadi. Ko'chada, ishda, o'qishda biror gap bilan murojaat qilgan erkakdan qo'rqib ketishadi. Salgina e'tiborni o'zlariga nisbatan haqorat, deb ham bilishadi. «Sen meni kim deb o'ylayapsan?!»

Bo'ldi. Ora ochiq, hech qanday yomonlikni o'ylamagan yigitning hafsalasi pir bo'lib, yo'liga ravona bo'ladi.

 "Ayol erkaklar bilan muloqotga kirishganda o'zi aytishni xohlagan gaplar va fikrlarni emas, undan nimani eshitishni istayotganini bilishi, ularga ana shu tansiq munosabatni hamisha hadya qilmoqqa shay turishi kerak”.

Ikkinchi xato: unga atrofda yurganlar munosib emas. Hali uni oq ot mingan (oq rangli eng so'nggi rusumdagi mashina) shahzoda izlab keladi. Yon-atrofdagilar qizning ortidan erinmay bir yil yuradi. Uning nozu firoqlari, yerga urishlari, haqoratlovchi shubhalaridan, gumonlari va ayblovlaridan xafa bo'lmaydi.

Ayol sevgisi.

Ammo bor-yo'g'i endi yigirmani yoki yigirma beshni qoralagan oshiq yigit unaqa po'rim mashinani qaysi puliga olsinu, minib kelsin?! Uning o'qishni bitirib olishga yoki haydovchilik guvohnomasini olishga puli yo'g'-u!.. Shu ko'yi bu yigitning qorasi o'chadi.

Bu ahvoldan qanday qutulish mumkin?

Chorasi — o'qimishli bo'lmoq. Ilm-fan, ayniqsa, adabiyot durdonalaridan xabardor bo'lish ayol zotiga juda ko'p narsa beradi. U aqlli, bosiq, uchqur fikrli, har gapni tahlil qiladigan va huda-behudaga qo'rqaveradigan bo'lmaydi. U savol bera oladi va javobni talab qilishni ham uddalaydi. Ahmoqona savollar bermaydi. Erkaklarning siri shundaki, ular ko'ngilxushlikka chiroyli va ahmoq qizni, turmush qurish uchun esa ham chiroyli, ham aqlli qizni tanlaydi. Chiroy Yaratgandan, aqlni esa faqat kitobdan olish mumkin.

Uchinchi xato: Ular, yillar o'tishiga qaramay, «otdan tushmaydi» — o'zlariga o'n yil oldin mos kelgan yigitlardan umidvor bo'lib yuraveradi. Ko'pincha qari qiz bo'lib qolishiga ham shu xato sabab.

Erkak va ayol muhabbati (rasm).

Xulosa.

 

Qissadan hissa shuki, zamonaviy ayol oilaviy baxtga erishmoq uchun har tomonlama bilimdon bo'lmog'i kerak. Ma'naviy barkamollikka eltuvchi jahon mumtoz adabiyotini ko'p o'qib, o'zida hayotni erkin va mustaqil mushohada qilish malakasini tarbiyalashi kerak.

Bo'lar-bo'lmasga erkaklarga ular haqidagi fikrini ro'yi-rost aytib qo'ymasligi kerak. Chunki yalang'och haqiqat erkakka og'ir botishi mumkin. Erkaklarning goho chapanilik bilan aytib yuborgan qo'pol hazillari va qaltis fikrlariga ustalik bilan andisha to'nini kiydirib va bilmaganga olib, ularni noqulay ahvoldan qutqarib, o'ziniki qilib olish mumkin.

Bir so'z bilan aytganda, ayol ­deyarli yarim asr davom etadigan dramatik spektakl­ning eng ko'rinmas va eng zo'r aktyori bo'lmog'i kerak.

Похожие новости:
Ayol jozibasiga soya soluvchi xatolar! Ayol jozibasiga soya soluvchi xatolar! Foydali maslahatlar Jonim senga gapim bor. Jonim senga gapim bor. Foydali maslahatlar Erkaklarga yoqishning 12 usuli!!! Erkaklarga yoqishning 12 usuli!!! Foydali maslahatlar Hayotda yordam beruvchi 12 psixologik хоlat Hayotda yordam beruvchi 12 psixologik хоlat Foydali maslahatlar Qimmatbaho ma'danlar to'g'risida 10 ta qiziqarli ma'lumot... Qimmatbaho ma'danlar to'g'risida 10 ta qiziqarli ma'lumot... Foydali maslahatlar
Загрузка...
Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Партнеры
Загрузка...
Личный кабинет