Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
13 мар 14:57Foydali maslahatlar

Ayol jozibasiga soya soluvchi xatolar!

Ayol joziba rasm

Yevropalik ruhshunoslar tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma, nega erkaklar rafiqasiga nisbatan qiziqishini yo'qotishini fosh qildi. Aniqlanishicha, buning bir qancha sabablari bor ekan. Javoblar orasida shu qadar oddiy tuyulganlari ham borki, o'qib hayron qolasiz «Nahot shuni deb erimning mendan ko'ngli qolsa» deya. Ichingiz qiziyaptimi? Diqqat qiling, ehtimol qay biridadir o'zingizni ko'rarsiz...

Ayol yoqimsiz hid.

Yoqimsiz hid

Bu haqida gapirishni istamasdigu, ammo tanasidan osh – ovqatu, bolalar bo'tqasining hidi kelib turadigan ayollar ham yo'q emas. Buni ustiga har kuni dush qabul qilish kabi oddiy gigiena qoidalarini yoqlamaydiganlarni ham afsuski uchratamiz. Eng qizig'i, tanadan kelayotgan hid insonning o'ziga bilinmasligi mumkin. Biroq atrofdagilarning e'tiboridan chetda qolmaydi. Shu o'rinda yana bir holatga diqqat qiling. Atirlar faqat tanaga emas balki libosning ichki tarafiga ham sepilsa, ayni muddao bo'ladi. Eringiz kiyim jovonini ochganida xushbo'y ifordan mast bo'lib, xayolan sizni erkalay boshlasa yomonmi? Xayollarning hayotga ko'chishi oson-ku...

Jozibakor ayol

Birdaniga uchtasi

Ortiqcha vazn, to'shakda hissiz (qo'pol bo'lsa ham uzr xodadek harakatsiz) bo'lish va o'zidan kimnidir kashf qilish – bular ham erkakni zeriktirar ekan. Qomatdagi kamchiliklar to'g'risida «Indama jim» iborasiga amal qilgancha, xulosa qilishni o'zingizga qoldiramiz. Ammo to'shakdagi faolsizlik bugun bo'lmasa, erta bir kun albatta sabr kosasini to'ldiradi. Uchinchi omil ya'ni o'zingizdan kimnidir kashf qilishingizni esa «Otamning erka qizi bo'lganman», «Maktabni tamomlamasimdan uyimdan sovchilar arimasdi», «Oshiqlarim shunaqangi ko'p bo'lganki, tanlab tanlab sizga tekkanman» kabi gap – so'zlaringizda aks etadi. Balki shu tariqa o'zingizga bo'lgan ishonchni oshirmoqchidirsiz, ammo o'tmishingizda nimalar bo'lgani va ayniqsa boshqa yigitlar haqidagi ma'lumotlar eringizning g'ashiga tegadi.

Ahmoq ayol

Ahmoqona savollar

«Parhez tutayapman, ozib qolibmanmi?», «Qoshlarimni bo'yatdim, yarashibdimi», «Ko'ylagim sig'mayapti, to'lishib ketayapman-a» baraka topgur, kamchiligingizni aytib nima qilasiz? Axir bu bilan eringizni o'ylantirib qo'yasizu «Xotinim go'zalligini yo'qotayotgan ekan» deb. Yaxshisi, tilingizga mahkam bo'ling. Parvarishlash muolajalaringizni yoringiz bilmagani ma'qul. «Labimni shishirdim, kiprik ektirdim» kerak emas! Rafiqam hammadan go'zal deb yuraversin, indamang.

Ayol yo'q desa.

«Yo'q!», «Xohlamayman», «Shu sizga kerakmi?» Bir so'z bilan pessimistlik kayfiyati.

Ko'pincha erkaklar ayolidan shirin so'zu, kerak bo'lganida jo'yali maslahat eshitishni istashadi. Yoki biror yangilik haqida so'z ochib, biz ham shunday qilsakmikan, deya istaklarini bo'lishgisi keladi. Ammo rafiqasining e'tirozlariyu ikkilanishlarini eshitib, «Senga gapirgandan foyda yo'q» qabilida ish tutishadi. Gohida xafsalasi pir bo'lishi nozik munosabatlarda ham aks etishi mumkin. Yoringiz biror mavzuda so'z ochganida uni tinglamasangiz, shundoq ham yaxshiku deya rad etsangiz, bora bora erlik vazifasi uchun ko'nglingizni oladiyu, xayolan o'z dunyosida yashayveradi.

Добавить комментарий
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: