Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
26 фев 06:16Foydali maslahatlar

Jonim senga gapim bor.

Eringiz sizdan nima istaydi.

Ruxshunoslarning ta'kidlashlaricha, umr yo'ldoshingizning kayfiyati, istaklariyu ko'nglidan nimalar o'tayotganini uning xatti – harakatlariga qarab bilib olishingiz mumkin ekan. Mimika va pantomimika sir – asrorlarini puxta egallang demaymiz, hech bo'lmaganda kundalik turmushda asqotadiganlari bilan tanishib qo'ysangiz, foydadan xoli bo'lmaydi. Xo'sh, nima dedingiz, erkaklar psixologiyasini o'rganish bo'yicha mashg'ulotimizni boshlaymizmi?

Biz tomonga qiyo boq...

 

Ishdan qaytgan eringiz tamaddi qilgach, yoningizga keldiyu, harakatlaringizni kuzata boshladi. Diqqat qiling, agar uning gavdasi siz tomonga qaratilgan bo'lsa, bu yashirin belgidir, oldinda shirin visol onlari kutmoqda. Bordiyu bir necha kun oldin arazlashib qolgan bo'lsangizu, yoringiz siz tomonga qarab, oyoqlarini chalishtirgan yoki bittasini oldinga tashlab olgan bo'lsa, yarashish niyatida ekanligini bildiradi. Ko'pam kuttirmay sulh imzolashga rozi bo'lavering.

Gavdasini tik tutsa...

 

Turmush o'rtog'ingiz tez – tez elkalarini ko'tarib, bilaklarini bir – biriga tekkazib qo'yadimi? Balki qo'llarini yuqoriga yoki yon tarafga harakatlantirar ham. Agar shunday bo'lsa bilingki, suyukligingiz shirin so'z va maqtovning gadosi. Uni ko'proq maqtab turing. Xayoli parishon... Gohida shunday bo'ladi, eringizga gapiraverasiz, gapiraverasiz u bo'lsa o'z dunyosida sayr qilib yuraveradi. Diqqat qilsangiz, goh barmoqlarini qarsillatgan, goh ko'ylagining tugmasini o'ynagan. Bu undagi sarosimadan darakdir. Ayni vaziyatda ro'zg'or tashvishlariyu, muammolar bilan chalg'itmang. Baribir kutgan natijangizga erishmaysiz.

Bamaylihotir...

 

Agar eringiz oyoqlarini kerib o'tirgancha televizor tomosha qilayotgan bo'lsa, yangi ko'ylak uchun pulniyu dugonalaringiz bilan charllariga borishni so'rab oling. Bu holat erkakning xotirjamligini bildiradi. Agar sizni ko'rgach oyoqlarini chalishtirib olsa, «haddingizdan oshmang» degan ma'noni uqing. So'ramoqchi bo'lganingizni so'rayvering, ammo me'yordan oshib ketmasin.

Hali u yoqqa hali bu yoqqa...

 

«Biror nima kerakmi?» u xonadan bu xonaga kirib – chiqib yurgan eringizga hayron bo'lgancha savolga tutasiz. Aslida esa uning xohishi sizni tezroq bag'riga bosishdir. Shunga ham atrofingizda parvona bo'lib, o'ziga xos ishora berayapti. Ochiqdan – ochiq aytolmayotganiga ajablanmang. Axir hamma erkak ham hissiyotlarini dasturxon qilavermaydida.

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: