Sil yuqumli kasallik-mi?
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, sil nasldan naslga o'tuuvchi kasallik emas va nasldan-naslga ham o'tmaydi. Faqat yaqin muloqotda bo'lganligi sabbali bemorning oila a'zolarigi kasallik yuqish ehtimoli yuqori bo'ladi. Biroq kasallik o'z vaqtida to'g'ri davolansa, bemor butunlay sog'ayib ketishi mumkin. Yurtdoshlarimizning ogohlikgi o'z salomatligiga e'tiborli bo'lishi, gigiena talablariga, to'g'ri va tartibli turmush tarziga rioya etishi bu kasallikka qarshi kurashda samarali natijalarni beradi.
- Sil kasalligining rivojlanishi organizmning immuniteti, ya'ni kasallikka qarshi kurashuvchanligiga bog'liq. Sil bakteriyalarini yuqtirgan odamlarning barchasida ham kasallik rivojlanmaydi. OITS xastaligida, giyohvandlik, kashandalik. Spirtli ichimliklarga ruju qo'yish, vaqtida dam olmaslik, me'yorida ovqatlanmaslik natijasida insonning kasallikka qarshi kurashuvchanlik xususiyatlari susayadi va sil kasalligi rivojlanishiga qulay sharoit tug'iadi.
Silga chalingan bemor bilan bir umr birga yashaganda ham bu kasallik yuqmagan holatlar ko'p uchraydi. Bunda organizmni kuchli immunitet asrab qoladi. Immunitet kuchli bo'lishi uchun esa sport bilan shug'ullanish, servitamin ovqatlar iste'mol qilish lozim. Toza havo, sog'lom turmush tarzi kabi omillar inson salomatligi garovidir.
— Sil kasalligi nafas yo'llari orqali sog'los kishilarga o'tadi. Demak, hech kim sil tayoqchalarining yuqishidan himoyalangan emas. Bu kasallik mikroblari bemor tanasidan tashqarida qancha vaqt tirik saqlanadi. Bemor so'lagi, balg'ami bilan ajralgan bakteriyalarni yo'q qilish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?
— Faol silga chalingan bemorlarda yo'tal kuchayib, tarkibida turli potogen mikroflora bo'lgan balg'am miqdori ko'payadi. Bunday bemorlar atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi. Bu hollarda bemor statsionarda davolanadi. Agar bemor vaqtida davolanmansa, yo'tal kuchayib, balg'am bilan qon ajaraladi. Bu esa og'ir asoratlarga sabab bo'lishi mumkin. Bemorda yo'tal ikki haftadan ko'p davom etib, isitma ko'tarilsa, darmoni qurib, tez charchasa, ozib ketsa va ishtahasi bo'lmasa hamda ko'krak qafasida og'riq paydo bo'lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi zarur. Shunda kasallik o'z vaqtida davolanib, atrofdagilarga kasallik yuqishi xavfi kamayadi.