Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
19 янв 16:00Foydali maslahatlar

Milk kasallanishini oldini olish.

Milk kasallanishini oldini olish.

Milk og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining bir qismi bo'lib, tishlar bo'yniga jips yopishgan yumshoq to'qima hisoblanadi. Milk kasalligi tishlar oralig'idagi shilliq pardalarning yallig'lanishidir. Shamollaganda, urilganda, kuyganda, kimyoviy dorilar ta'sirida milklarda xastaliklar paydo bo'ladi. Milkning rangi qizarib shishadi, til sarg'ish yupqa parda bilan qoplanadi, ko'p so'lak oqadi. Milklarda yara paydo bo'lishi ham mumkin, og'izdan yoqimsiz hid kela boshlaydi, tishlar bo'shashib qoladi, ovqat va ichimliklar iste'mol qilish qiyinlashadi.

Bemor chorasini tezda ko'rmasa, kasallik og'irlashib tana harorati ko'tariladi, ovqat va ichimliklar yedirmay, ichirmay qo'yadi, og'riq paydo bo'lishi mumkin. Davolash uslubiga o'tishdan oldin xastalikni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash lozim. Bunday kasallikga sabab bemorda issiqlik oshib ketishidir. Ya'ni, issiqlik ovqatlarni, chunonchi, qovurilgan taomlar, go'sht-yog'lar, kabob, tuxum, qazi va ayniqsa turli shirinliklarni keragidan ortiqcha iste'mol qilishidir. Bunday kasallikga chalinganlar eng avvalo oziq-ovqatni ist'emolini tartibga solishi zarur: u ham sovuqlik, ham issiqlik bo'lsin. Masalan, har qanday ovqatni, albatta achchiqchuchuk va oshko'klarni qo'shib iste'mol qilish kerak.

Milk kasalligida og'iz sersuv, til qizil va milk qonashi yuz beradi.

Davosi: asal, sirka, to'qay piyozi, achchiqtosh, qizil gul urug'ini milkka surish foyda beradi. Agar organizmda C darmondorisi (vitamin C) yetishmasa, milklar xastalanishi ta'kidlanadi. Buning oldini olish uchun C darmondorisiga boy mahsulotlarni ko'proq iste'mol qilish zarur. Kartoshka, karam, bulg'or qalampiri, oshko'klar, qulupnay, limon, apelsin, namatakda C vitamini juda ko'p bo'ladi.

Oq tuz zehnni o'tkirlab, bo'shashgan, xastalangan tish milklarini mahkamlaydi. Xalq tabobatida xam tish, milklar shamollab og'riganda og'iz tuzli qaynatma bilan chayiladi. Bunday qaynatma tayyorlash uchun:

1 oshqoshiq oq tuz, bir choy qoshiq qora choy, yarim litr suv bilan obdon qaynatiladi, shu qaynatmadan og'izga solib bir oz turiladi, uni tashlab, yana ho'plab olinadi, toki milklar lo'qillamagunicha buni takrorlash kerak.

Lo'qillash milklarda mayda qon tomirlari kengayganini bildiradi, qon yurishib ketganidan keyin shamollash barham topadi va aloe bargini ezib, shillig'ipi yaralanayotgan milkka quyishni tavsiya etiladi. Muolaja ertalab va kechqurun yotish oldidan bajaralishi lozim.

Yalpizning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmasi og'iz og'rishi, milk yallig'lanishini davolashda tavsiya etiladi. Yalpizli qaynatma tayyorlash uchun 5-20 gramm quritilib, so'ng maydalangan yalpiz suvda past olovda 10-15 daqiqa qaynatiladi, dokadan suzib, kuniga bir necha mahal og'iz chayiladi.

Добавить комментарий
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: