Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
08 янв 13:31Foydali maslahatlar

Soqol o'stirish uchun foydali maslahatlar

Soqol ko'rinishi

Tarixdan soqol erkak kishining jasorati kuchi aqli va erkaklik ramzi ekanligi hammaga ma'lum. Bundan tashqari soqol qo'yish sunnat ekanligini barchamiz bilsak kerak. Hozirda ayrim kishilar sunnatga amal qilgan holda soqol o'stirsa ba'zi kishilar soqol yoqgani uchun va uni xohlagani uchun qo'yishadi. Albatta chiroyli o'stirilib, parvarishlab kelingan soqol erkak kishiga jamiyatda unga nisbattan jiddiyroq munosabat qaratilishiga undaydi. Shuning uchun ko'pchilik nufuzli odamlar blogerlar sport va shou-biznes yulduzlari turli xil ko'rinishdagi soqollarni qo'yib yurishadi. Lekin asosiy muammo shundaki ayrim erkaklarda qaysidir bir sabablarga ko'ra soqol o'smasligi yoki kam o'sishi kuzatiladi. Shuning uchun foydalanuvchilar talablariga binoan soqol o'stirish mavzusi yuzasida men internetdagi ma'lumotlarni o'rganib chiqdim.

Demak bugungi mavzuimiz, qanday qilib soqol o'stirish va uni nima uchun o'smasligi haqida bo'ladi. Har doim siz bilan OQAYIQ UZ, qani bo'lmasam boshladik.

Darhaqiqat bazi odamlar yuzida qalin soqoli bo'lib, ular tekis taqsimlangan bo'ladi, boshqalarda esa soqol ozgina, otta betta yoki umuman chiqmaganligini ko'rishimiz mumkin.

Egri soqol o'sishi

Bu nima? nega bunday? vaziyatni qanday o'zgartirish mumkin?

Shu savollarga hozir men javob berishga urinib ko'raman. Keling avvalo yigit kishining qaysi yoshida yuzida tuklari o'sishi haqida boshlaymiz. Yuzda soqol o'sishi odatda ko'pchilikda balog'at yoshida boshlanadi yani yigitlarning birinchi tuklari asosan o'smirlikning 13-16 yoshida paydo bo'ladi. Tananing faol rivojlanishi bilan testesteron tasiri ostida tuklar nafaqat yuzda balki qo'ltiq, oyoq, ko'krak va boshqa joylarda o'sa boshlaydi. Bu balog'atga yetishning normal va tabiy jarayoni, yani yosh bolani erkak kishiga aylanishidur.

Bundan tashqari bu yerda irsiyat ham katta rol o'ynaydi, chunki gormonal fon darajasi va uni organizmga qanday ta'sir ko'rsatishi embrionlik paytida DNK xujayralariga kiritilgan bo'ladi. Yani onaning xomilasini o'zidayoq xujayralarda bu bolaning soqoli 14 yoshida o'sa boshlaydi degan informatsiya kiritilgan bo'ladi. Bu informatsiya ota yoki onaning erkak urug'laridan o'tadi.

Shunday qilib agar sizning ota bobolaringizning soqoli 25 yoshda chiqqan bo'lsa sizda ham soqol shu yoshlarda paydo bo'lishi ehtimoli yuqori. Bu yerda ota va onaning kimni geni kuchli ekanligi ham asosiy faktor bo'ladi. Misol uchun ona taraf erkaklarning soqoli kam lekin otaning barcha urug'lari soqolli bo'lsayu ammo sizda soqol misol uchun 20 yoshingizda hali chiqmagan bo'lsa, demak bu sizda ona tarafning genlari ko'proq ekanligi haqida dalolat berishi mumkin.

Soqol ko'rinishi oddiy

Ana endi keling deylik qarindoshlar bilan bog'liq muammolar yo'q va ularning hammasini soqollari joyida bo'lsa yana qanday sabablarga ko'ra soqol o'smasligi mumkin?

Soqol o'sishga to'sqinchilik qiladigan muammolar.

Soqolning qalinligi va uning o'sish tezligi barcha odamlarning soch follekulalarining miqdoriga bog'liq. Bu ayollarga ham erkaklarga ham tegishli. Testesteron garmoni ta'siri ostida yuzdagi tuklar qattiq to'q rangli va qalin bo'ladi. Agar qaysidur sabablarga ko'ra odamda bu gormonal fon buzilgan bo'lsa, ayollarda soqol o'sishi erkaklarda esa aksincha o'smaslik sababi bo'lishi mumkin. Ushbu muammo tanada testesteron yetishmovchiligi bilan bog'liq va gormonal kasalliklar haqida signaldir.

Yuz tuklarining o'smasligining yana bir sababi sochlar follekulalarining travmasidir. Misol uchun bu kimyoviy kuyish, kuchli quyoshdan kuyish yoki yuz terining shikastlanishi mumkin. Bu muammo bilan kurashish afsuski judaham qiyin hisoblanadi, chunki odatda o'lgan follekulalarni qayta tiklab bo'lmaydi. Ratsiondagi ozuqaviy yani oqsillar va mineral moddalarning yetishmasligi juda keng tarqalgan omil. Bu tufayli soch soqollar o'smasligi mumkin. Bu muammoni odatda tuzatish onson, buning uchun umumiy qon testini topshirish kerak. Qon tahliliga qarab siz o'zingizga yetishmagan moddalarni vitamin va mineral qo'shimchalar bilan to'ldirishingiz mumkin. Soch va soqollarning o'sishi uchun esa eng asosiysi B guruhi vitaminlari hisoblanadi.

Soqol uchun vitaminlar

Shunda qilib keling barcha mumkin bo'lgan muammolarni umumlashtiraylik:

  • Noto'g'ri ovqatlanish, vitaminlar yetishmasligi, stress.
  • Soch va soqol follikulalarining jarohatlanishi.
  • Irsiy faktorlar.
  • Gormonal muammolar, testosteron yetishmasligi.

Bu muammolarning ikkitasini onsonlikcha to'g'irlash mumkin. Qon topshirib yetmagan vitaminlarni ichib, stress xolatlardan o'zini asrash. Gormonal buzilishlarni maxsus preparatlar yordamida to'g'irlash. Afsuski genetik muammolari bor kishilarga hech qaysi preparat va dori vositalari yordam bermaydi. Faqatgina zamonaviy meditsina yani qimmatbaho soch ektirish operatsiyasi yordam beradi xolos.

Qanday qilib soqol o'stirsa bo'ladi?

Buning uchun oddiy va samarali vositalar juda ko'p, ammo ularning aksariyati sabr toqat talab qiladi. Qandaydir natijalarga erishish uchun kamida 3-6 oy talab etilar ekan. Ko'pchilik shifokorlar to'g'ri ovqatlanish zarur deb hisoblashadi. Soch soqol o'sishi uchun ovqat ratsionida kaltsiy va oqsilga boy mahsulotlar bo'lishi baliq, go'sht, tuxum, suli, bug'doy va shularga qo'shimcha tarzda b vitaminini ham qabul qilish kerak ekan.

Agar soqol o'sishi garmonal fonda bo'lsa, u holda to'liq tekshiruvdan o'tib, qalqonsimon bezga yani buqoqga tahlil topshirishingiz kerak. Tahlil natijalaridan so'ng, shifokor sizga kerakli garmonlarni joyiga tushiruvchi dorilarni tavsiya qiladi. Ularni to'liq qabul qilganingizdan so'ng soqollaringiz sekin-sekin paydo bo'la boshlaydi.

Tananing stress holatda bo'lishi, bazida soqolning sekin o'sishi, tuklarning follekulalari yetishmasligiga sabab bo'lishi mumkin. Uyqusizik, yomon ekalogiya va zararli odatlar sog'ligingizga katta tasir qiladi. Salomatligingizni tiklash, birinchi navbatda hayotingizni tog'ri jadvalini tuzib oling. Tez-tez toza havoda sayr qilish, 7-8 soatlik uyquni kanda qilmaslik, asabni tinchlantiruvchi o'tlar, moychechak va limono't ya'ni milisa choylarini damlab ichish tavsiya etiladi.

Soqol o'stirishda yog'lar ahamiyati

Soqol o'strishida xalq tabobati.

Bazida xalq tabobatidan vos kechish kerak emas ekan. Juda ko'p tabiiy mahsulotlar dorixonadagi qimmat dorilardan qolishmaydi. Ularni topish juda ham onson. Keling birgalikda ular haqida bilib olamiz. Piyoz sharbati, ayollar va erkaklar uchun ham kam sochlikka qarshi samarali vosita hisoblanadi, u isitish ta'siriga ega bo'lib, qon aylanishini yaxshilashi oqibatida uxlab yotgan soch ildizlarini o'sishiga yordam beradi. Uni uqalash yo'li bilan yanoq jag'lar, boshga, kuniga ikki marta surish kerak bo'ladi va taxminan 1-3 oydan so'ng siz birinchi natijani surishingiz mumkin.

Har xil turdagi yog'larni soqol va sochlar uchun foydali xususiyalari sharqda 500 yildan ko'proq vaqt oldin ma'lum bo'lgan.

  • Qora sedana yog'i
  • Yalpiz efir yog'i
  • Chinnigul barglarining yog'i
  • lavanda yog'i
  • Lemon yog'i
  • Dolchin yog'i

Ushbu yog'lar soch soqol o'sishiga judaham yordam beradi. Ammo yunon yong'oq yog'ini yuzga surish tavsiya etilmaydi, unda soch soqolning o'sishiga to'sqinlik qiladigan xususiyati mavjud. Qadimgi yunon ayollari yong'oq sharbati va yong'oqdan depilyatsiya sifatida foydalanishgan ekan. Efir yog'larini ishlatishdan oldin ularni oddiy kosmetik yog'lar bilan aralashtirish lozim.

Bir choy qoshiq kosmetik yog'ga 3-4 tomchi efir yog'i qo'shiladi va yuzga kuniga ikki mahal yuvingandan so'ng uqalash harakatlari bilan suriladi.

Soqol uchun dori

Agar xalq tabobati sizga to'g'ri kelmasa unda keling dorixonalarda soch o'stiruvchi dorilar bilan tanishib olamiz.

Demak qanday dorilar soqol o'sishiga yordam beradi?

Soch va soqollarning o'sishini faollashtiruvchi eng tanilgan dori vosita bu Kirkland kompaniyasining "Minoxidil" dori vositasi hisoblanadi. Minoxidil sochlarni o'sishni va quvvatlantiruvchi kosmetikadir. Bu preparat soch yoki soqol o'sishi kerak bo'lgan joylarga suriladi. U sochlar yo'qolishini sekinlashtiradi. Bundan tashqari Minoxidil yangi soch o'sishini tezlashtirish xususiyatlariga ega. Minoxidil odatda organizmda yaxshi qabul qilinadi va nojo'yi ta'sirlarni ko'rsatmaydi. Lekin kamdan-kam holatlarda qichima, kuydirishlar, qizarishlar va tananing boshqa sohalarida tuk o'sishi kuzatilishi mumkin, bu holda davolanishni to'xtatish va darhol shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Boshqa dori vositalar aytadigan bo'lsak ularning soni va turlari judaham ko'p. Lekin soqol o'stirish yani yangi tuklarning o'sishini faollashtirish uchun dori vositalari minoksidil, minoksidin, stemoksidin, amineksil va linatsedil moddalardan birini o'z ichiga olgan bo'lishi kerak.
Ko'rib turganingizdek agar kuchli xoxish bo'lsa soqolingizni o'stirish ilojisi bor, xalq tabobati yordamidan yoki dori vositalaridan foydalanasizmi bu sizga bog'liq. Eng asosiysi ularni to'g'ri tanlash kerak, bundan tashqari gormonal tekshiruvni va shifokor bilan maslahatlashishni unutmang, chunki soqolning yomon o'sishi tanada jiddiy muammolar borligi haqida signal bo'lishi mumkin.

Mana aziz do'stlar maqolamizham o'z nihoyasiga yetdi, agar maqola sizga maqola yoqqan bo'lsa izoh qoldiring va ushbu maqolani do'stlaringizgaham ulashing. Qandaydir fikr yoki mulohazalaringiz bo'lsa kommentariyda yozib qoldirishinzgiz mumkin. Siz bilan OQAYIQ UZ.

This excellent website definitely has all of the info
I needed concerning this subject and didn't know who to ask.


my web page ... Albert

Excellent write-up. I certainly appreciate
this site. Thanks!

Feel free to surf to my web site - Erna

What a information of un-ambiguity and preserveness of
valuable experience regarding unexpected emotions.


Visit my web-site: Twyla

Very nice article, exactly what I wanted to find.

Also visit my blog post Jamise

Minoxidilga O'zbekiston bo'yicha dostavka bomi neca pullar bilan bo'ladi garantiyasi bormi

Цитата: Ogabek
Minoxidilga O'zbekiston bo'yicha dostavka bomi neca pullar bilan bo'ladi garantiyasi bormi

30 yoshdan tepasiga xam tasir qiladimi minoxidil

[quote=Odil]30 yoshdan tepasiga xam tasir qiladimi minoxidil
Oldin Beardo ishlatuvdim 29 yoshda uncha foyda qilmadi

Цитата: Otabek
Minoxidil foyda bermadi triuschi foydalimi

Agar minox foyda bermagan bo'lsa sizga birdan bir yo'li sochi ektirish, Turkiya/Istambulda 1000$ 10 yil garantiya bilan soch ekishadi. Pulni bekorga sovurmasdan yig'ing.
Bu komment ma'lumot uchun qoldirildi.

Minoxidil foyda bermadi triuschi foydalimi

Murod
Menda ham soqol boru juda siyrak nima qilib qalin va chiroyli soqol chiqarishim mumkin javob uchun oldindan raxmat

Bek
Цитата: admin
Цитата: Bek
Цитата: MAX
Цитата: Bek
ёшим 20 да соколдан умуман дараг йук чикмаяпди нима кисам булади ирсий томонларда хам бундай холат кузатилмаган йордам берилар олдиндан рахмат

Minox ishlatib ko'ring, manimcha 90% odamlarga foyda berayapti

минох дан фойдалангандан кейин канчада фойдасини курса булади яни тез чикарадими

muntazam ravishda foydalanganda 1-2 oyda soqol o'sishi sezilarli ravishda o'zgaradi. Lekin soqol o'sishida to'g'ri surilishi lozim.

кайерда заказ берса булади ишончли манзил борми?

Цитата: Bek
Цитата: MAX
Цитата: Bek
ёшим 20 да соколдан умуман дараг йук чикмаяпди нима кисам булади ирсий томонларда хам бундай холат кузатилмаган йордам берилар олдиндан рахмат

Minox ishlatib ko'ring, manimcha 90% odamlarga foyda berayapti

минох дан фойдалангандан кейин канчада фойдасини курса булади яни тез чикарадими

muntazam ravishda foydalanganda 1-2 oyda soqol o'sishi sezilarli ravishda o'zgaradi. Lekin soqol o'sishida to'g'ri surilishi lozim.

Bek
Цитата: admin
Цитата: Bek
ёшим 20 да соколдан умуман дараг йук чикмаяпди нима кисам булади ирсий томонларда хам бундай холат кузатилмаган йордам берилар олдиндан рахмат

Minox ishlatib ko'ring, manimcha 90% odamlarga foyda berayapti

минох дан фойдалангандан кейин канчада фойдасини курса булади яни тез чикарадими

Yoshim 23da hamma joyimda tuk chiqqan lekin bitta ham soqol tuki yõq mõylov chiqqaniga 8 yil bõlyapti qanday zararsiz yõli bor soqol õstirishni?

Цитата: Bek
ёшим 20 да соколдан умуман дараг йук чикмаяпди нима кисам булади ирсий томонларда хам бундай холат кузатилмаган йордам берилар олдиндан рахмат

Minox ishlatib ko'ring, manimcha 90% odamlarga foyda berayapti

Bek
ёшим 20 да соколдан умуман дараг йук чикмаяпди нима кисам булади ирсий томонларда хам бундай холат кузатилмаган йордам берилар олдиндан рахмат

25 yoshdan keyin ham soqolni kupaytirish uchun usha minoxidilga uxshagan dorilardan foydalansa buladimi? Foydasi bormi? Javob uchun oldindan rahmat!!!

17yoshda xam soqol ostirishni tabiy va zararsz yollari kerak

Meni soqolim juda siyrak,qalin qilish kerak,va tez o'smayapti.Minoxidil surtsam o'stirib,yan to'kiztirmaydimi?garantiya bormi?

Avval soqolim ajoyib edi tez tez olib tashlardim xozir esa chiqmay qoldi nima qilish kerak

Otabek
Ha men ham shuni aytmoqchiman minoxidil hamma dorixonalarda buladimi va rassiya dorixonalarida ham bulishi mumkinmi javob uchun oldindan raxmat

Bobur
oyoqdagi tuklar kam bolib ularni ostirish yoki chiqarish mumkinmi javobi bormi qanday qilib agar javobi bolsa yaxshi bolar edi javob uchun oldindan raxmat.

Doston
Qaysi shifokorga ko'rinish kerak boladi. Minoxidil dori vositasi hamma dorixonalarda mavjudmi?

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: