Diqqat!!! Android virusi tarqalmoqda.
Bu virus sizni yolg’on yo’llar bilan har-xil keraksiz programmalarni ko’chirib olishga undaydi.
“Doctor Web” kompaniyasining mutaxxassillari aniqlashicha “Android.Click.95” nomli troyan virusi Google Play da 190 dan ortiq programmalarda mavjud ekan. U har-xil yolg’on yo’llar bilan sizni chalg’itib, sizga umuman kerak bo’lmagan programmalarni ko’chirib olishga undaydi.
U bekinishni biladi.
Android.Click.95 – juda ayyor troyan virusi bo’lib ushbu programma smartfonga yozilgandan keyin faqatgina olti soatdan keyin o’z faoliyatini boshlaydi, buni barchasi foydalanuvchida shubha uyg’otmaslik uchun qilinadi. “Doctor Web” kompaniyasining xabar berishicha, 150 mingdan ortiq foydalanuvchilar, ushbu virusni o’z smartfonlariga yuqtirib olishga ulgurishgan.
Ushbu troyan virusi qanday ishlaydi?
Ushbu troyan virusi ishga tushganda, sizning veb-brauzeringizda har 2 daqiqada smartfondagi nosozliklar haqida yolg’on xabarlar chiqa boshlaydi va ushbu nosozliklarni tuzatish uchun programmalar ko’chirib olishga undaydi.
Haqiqatda esa telefoningiz soppasog’.
Qora marketing – yoki ularga nima naf?
Ushbu troyan virusining yaratuvchilari shu yo’l bilan boshqa programmalarni reklama qilishadi va har bir ko’chirib olingan programmalar uchun ularga ma’lum miqdorda pul ko’chiriladi. Google Play hamkorlik programmalari mavjud va hamkorlik orqali to’gri yo’llar bilan ham pul ishlasa bo’ladi.